TDSHUning xorijlik talabasi Respublika tanlovida faxrli o’rinni qo’lga kiritdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/10/photo_2023-10-18_16-54-39-1024x768.jpg)
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan, Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o’rtasida “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovi o’tkazildi.
Mazkur tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tahsil olayotgan Yaponiyaning Tokio chet tillari universiteti talabasi Ruka Vatanabe 450 ga yaqin ishtirokchilar ichida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.