Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYI TINGLOVCHILARI UCHUN «TO’G’RI OVQATLANISH MADANIYATI» MAVZUSIDA MAXSUS TADBIR BO’LIB O’TDI

07.03.2026, 14:26 Yangiliklar 44

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutida “Turizm” hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedralari tomonidan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tinglovchilari uchun “To‘g‘ri ovqatlanish madaniyati” mavzusida ma’rifiy-ma’naviy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki diplomatik va xalqaro muhitda muhim sanalgan ovqatlanish etiketi, dasturxon madaniyati va gastronomik diplomatiyaning o‘ziga xos jihatlarini yoritishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Tadbirni “Turizm” kafedrasi mudiri, dotsent Ch.K. Xusanov ochib berar ekan, bugungi globallashuv sharoitida to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati nafaqat shaxsiy salomatlik, balki milliy imidj va xalqaro muloqotning muhim tarkibiy qismi ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir doirasida bir-biridan dolzarb va mazmunli ma’ruzalar tinglovchilar e’tiboriga havola etildi:

Rasmiy va norasmiy qabullarda ovqatlanish madaniyati mavzusida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘oziyev Ravshan Rustamovich diplomatik marosimlar va xalqaro qabullarda xulq-atvor me’yorlari, stol atrofidagi protokol qoidalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Gastronomik diplomatiya mavzusida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsent v.b., siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Azimov Xabibullo Yakubovich taom va milliy oshxonaning davlatlararo munosabatlardagi o‘rni, madaniy muloqot vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berdi.

To‘g‘ri ovqatlanish madaniyati va mamlakatimizning ovqatlanish odatlari mavzusida “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Nurullayeva Malika Samadjonovna sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, milliy taomlarimizning ozuqaviy qadriyati va yoshlar salomatligidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Yevropa va Sharq madaniyatlarida dasturxon atrofidagi an’analar va xulq-atvor me’yorlari mavzusida “Turizm” kafedrasi o‘qituvchisi Narzullayeva Fariza Akmalevna turli sivilizatsiyalarga xos stol madaniyati, mehmondo‘stlik an’analari va etik qoidalarni qiyosiy tahlil asosida yoritib berdi.

Diplomtik qabullarda mehmonlarni protokolga binoan joylashtirish tartibimavzusida Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Mustapova Hilola Islamovna diplomatik marosimlarda mehmonlarni joylashtirish qat’iy xalqaro protokol me’yorlari asosida amalga oshirilishini batafsil tushuntirib berdi.

Ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, rasmiy diplomatik marosimlar, xalqaro qabullardagi muomala madaniyati hamda gastronomiyaning xalqaro siyosatdagi o‘rni borasidagi savol-javoblar tadbirni yanada jonlantirdi.Tadbir davomida savol-javoblarda faol ishtirok etgan tinglovchilar esdalik sovg ‘alari bilan taqdirlandilar.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi “Psixologiya va tarbiya” kafedrasi mudiri Muhabbat Muxammadjonovna mazkur tadbirning yuksak saviyada va mazmunan boy tarzda tashkil etilganini alohida e’tirof etib, o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi. U litsey rahbariyati nomidan tashkilotchilarga chuqur tashakkur izhor etib, bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar tafakkuri va tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi hamda hamkorlik ramzi sifatida tashakkurnoma taqdim etdi.

Dasturning yakuniy qismida mehmonlar universitet muzeyiga tashrif buyurib, oliygohning boy va sharafli tarixi, ko‘p yillik ilmiy an’analari hamda yuksak akademik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari va tarixiy manbalar ularda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbir esa barcha ishtirokchilar, ma’ruzachilar va tashkilotchilarning samimiy muloqoti hamda esdalik surati bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Mazkur uchrashuv Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu muloqot kelgusida ham ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida mazmunli, innovatsion va ma’rifiy loyihalarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.