Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida “Stadionlar va xiyobonlar” bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
Stadion yoki xiyobonning rasmi;
Hududga kirish joylari;
Stadion yoki xiyobon nomi;
Stadion yoki xiyobon manzili;
Sektor raqami;
Test topshiradigan guruhlar;
Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:
https://dtm.uz/page/stadionlar_2020
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.