ToshDSHI dotsentining Xorazm viloyatidagi 45-maktab o’quvchilari bilan suhbati
10-dekabr kuni Xorazm viloyatining Qo’shko’pir tumanidagi 45-maktabda o’tkazilgan Konstitutsiya va Madhiyamiz qabul qilinganligining 27 yilligiga bag’ishlangan tadbirda ToshDSHI Magistratura bo’limi boshlig’i, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.n. Sh.Saidovning maktab o’quvchilari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. 2 soatdan ortiq davom etgan bu uchrashuv juda qizg’in savol-javob tarzida o’tkazildi. O’quvchilarga tariximiz va ToshDSHI haqida batafsil ma’lumotlar berildi.