ToshDSHI professori Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahri Shimoliy-G‘arbiy Universitetida “O’zbeklarning etnogenezi va etnik tarixi” hamda “O’zbekiston – tolerant davlat” nomli ma’ruzalari bilan qatnashdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/12/photo_2019-12-03_15-20-21-1024x682.jpg)
ToshDSHIning Tarix va falsafa fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori, t.f.d. Doniyorov Alisher Xudoyberdievich joriy yilning 25-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahri Shimoliy-G‘arbiy Universiteti taklifiga binoan “O’zbeklarning etnogenezi va etnik tarixi” hamda “O’zbekiston – tolerant davlat” mavzularida ma’ruza o’qidi.