ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyevaning Koreyashunoslik fakulteti talabalari bilan ochiq muloqoti
4-fevral kuni ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyevaning Koreyashunoslik fakulteti talabalari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.Ochiq muloqotda ToshDSHI rektori G.Sh.Rixsiyeva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Parlamentga murojatnomasini o‘rganish va undan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash, sharqshunoslik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusi rejalar, ta’lim sifatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurash, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, talabalar ilmiy faoliyatini jonlantirish masalalari haqida gapirdi.Shuningdek, muloqot chog‘ida talabalarni qiziqtirgan turli (ta’lim jarayoni, talabalar turar joyi, kutubxona faoliyati, o‘qitilayotgan fanlar, turli muammolar) mavzulardagi savollarga G.Sh.Rixsiyeva tomonidan javoblar berildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar institut rahbariyati tomonidan atroflicha o‘rganilib, foydali taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlab o‘tildi.