ToshDSHI talabalarining Jasorat muzeyiga tashrifi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil 9-yanvardagi 01-07/15 sonli xatida belgilangan vazifalar bo‘yicha Xitoyshunoslik fakulteti talabalarining mas’ul murabbiylar M. Sarimsoqova va M. Xubbaliyev boshchiligida Jasorat muzeyiga tashrifi uyushtirildi. U yerda «Vatanni himoya qilish-sharafli burch» mavzusida talabalar o‘rtasida devoriy gazetalar tanlovi, «Mening armiyam-mening faxrim» mavzusida insholar tanlovi ham o‘tkazildi. Insholar tanlovida g‘oliblar aniqlanib, eng yaxshi 1, 2, 3-o‘rin sohiblarining ishlari institut bosqichiga taqdim etildi.


