Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Axborot-resurs markazida seminar bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 23-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Axborot-resurs markazida Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi yetakchi mutaxasisi I. Alqarov hamda Toshkent shaxridagi Oliy o‘quv yurtlari ARM direktorlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda ARMlarning 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarligi xamda TDSHI ARMning zamonaviy avtomatlashtirilgan elektron kutubxonasi va elektron kataloglar haqida, kitoblarni raqamlashtirish bo‘yicha ma’lumot berildi. Talabalarning ARM ga qatnovini IRBISning avtomatlashtirgan ARM–Chitatel elektron bazasida avtomatlashtirilgan tarzda hisoboti olib borilishi haqida ma’lumotlar berildi. Bunday seminarlar kutubxonachi xodimlarni malaka oshirishlariga yaqindan yordam beradi.