Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 27-bor “Yapon tili bo’yicha notiqlik san`ati” tanlovi o’tkazildi
2018 yil 15-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 27-bor institut miqyosidagi “Yapon tili notiqlik san`ati” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 1-4 kursda tahsil olayotgan talabalar o’z bilim va mahoratlarini ko’rsatishdi. Tanlovda Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Ahmedov Asilbek 3-o’rin, xitoyshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Shukurov Samandar 2-o’rin, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Sotvoldiyeva Xusnida 1-o’rin sovrindori bo’lishdi.
Tanlovda g’olib bo’lgan qatnashchilar 2018 yil 11-mart kuni O’zbekiston miqyosida 26-bor o’tkaziladigan yapon tili bo’yicha notiqlik san’ati tanlovi Toshkent davlat sharqhsunoslik instituti vakili sifatida ishtirok etib institutimiz sharafini himoya qilishadi. Ularga omad tilab qolamiz!