Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Hindiston “Respublika kuni”

16.02.2017, 16:15 Yangiliklar 4173

15-fevral kuni  Janubiy Osiyo tillari kafedrasida Hindistonning Respublika kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Hindistonning favqulotda va muxtor elchisi janob Vinod Kumar va tashrif buyurdilar.  Tadbirni  xindshunos olima Ulfat Muxibova  olib bordilar. Tadbirni  TDSHI rektori professor A.Mannonov ochib berdilar. Shundan so‘ng  so‘z elchi janoblariga berildi. Janob Vinod Kumar barchani bayram bilan qutlab O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi  do‘stona va diplomatik  aloqalar  haqida so‘z yuritdilar. Kafedra professor o‘qituvchilaridan dotsent  T.Xodjayeva  va katta o‘qituvchi R.B.Rahmatov ham o‘z ma’ruzalari  va slayd taqdimot bilan qatnashdilar. Mazkur taqdimot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng  tadbirni badiiy qismiga o‘tildi. Janubiy Osiyo tillari kafedrasi talabalari o‘rtasida savol-javob (viktorina) o‘tkazildi. Viktorinani Ulfat Muhibova olib bordilar.  Ular Hindiston  madaniyati va adabiyotiga doir savollar bilan murojaat qildilar. To‘g‘ri javob bergan talabalar  elchixona tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  1-kurs hind-ingliz guruhi talaba qizlari ijrosida hindcha  va milliy raqs ijro etildi. Tadbirni so‘ngida Elchi janoblari va institutimiz rektori tomonidan esdalik sovg‘alar bilan almashishdi.
Tadbirni so‘ngida mehmonlar bir piyola choyga taklif etildi.

photo_2017-02-17_16-29-25  

Kafedra mudiri S.S.Nurmatov