Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yangi o’quv yiliga “start” berildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/09/photo_2019-09-05_20-53-49-1024x682.jpg)
O’zbekistonimizda kuz fasli juda ahamiyatli bayram bilan boshlanadi va bu bayram “Bilimlar kuni”ga ulanib ketadi.
Yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili har doimgidek ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Bugun 4-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham yangi 2019-2020 o’quv yili boshlanishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. TDSHI ta’tildan qaytgan talabalar bilan birgalikda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tib, talabalikni qo’lga kiritgan 1-kurs talabalarini ham kutib oldi. Yangi o’quv yilining hayajonli ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan boshlanib, yangi o’quv yiliga “start” berildi.