Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Xitoyning Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan ilmiy tadqiqot loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi
2025 yil 26-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.Abdullayev va Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Q.Imomnazarov Xitoyning Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “Dunxuan madaniyati dunyoga yuz tutmoqda” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasining yakuniy hisobot anjumanida ishtirok etdilar.
Anjuman qatnashchilari hamkorlikda bajarilgan ushbu xalqaro ilmiy loyiha belgilangan barcha vazifalarni yakunlab, yuqori natijalar ko‘rsatganini e’tirof etdilar. Shu bilan birga Gansu siyosatshunoslik va huquq universiteti rahbarlari TDSHU bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur ijobiy amaliyotni yangi loyihalar orqali davom ettirish istagida ekanliklarini ta’kidladilar.
