Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasi Pekin xalqaro xitoy tili o‘qitish instituti vitse-prezidenti Liu Yan boshchiligidagi institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi
XXRda bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektor maslahatchisi A.Shukurov boshchiligidagi delegatsiya Pekin xalqaro xitoy tili o‘qitish instituti vitse-prezidenti Liu Yan boshchiligidagi institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Pekin xalqaro xitoy tili instituti o‘rtasida ilmiy-akademik almashinuv tashkil etish hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.