Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Karabuk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/11/IMG_8315-1024x683.jpg)
2023- yilning 2- noyabrida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiya Respublikasining Karabuk universiteti rektori Prof.Fatih Kirishik rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida TDSHU hamda Karabuk universiteti hamkorligida istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Rasmiy tashrif natijasida, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Karabuk universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.