Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ishchi guruhi turizmni targ‘ib qilish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktablarga tashrif buyurdi.

24.05.2025, 11:18 Yangiliklar 272

Turizm sohasini yosh avlod orasida keng targ‘ib qilish, ularning sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ishchi guruhi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktablarga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Turizm” kafedrasi mudiri i.f.n.,dotsent Ch.Xusanov, “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi A.Shosaidovlar tomonidan o‘quvchilarga turizmning mamlakatimiz iqtisodiyoti va madaniy hayotidagi o‘rni, yoshlarning bu sohadagi imkoniyatlari hamda xalqaro tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

19
Tadbir davomida “Siz Yangiqo‘rg‘onni bilasizmi?” hamda “Yangiqo‘rg‘on yoshlar nigohida” mavzularida viktorina o‘tkazilib faol o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilarga turizm sohasi bo‘yicha ta’lim olish, kasb tanlash va ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlash yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. “Turizm” kafedrasi mudiri dotsent Chori Xusanov o‘z chiqishida universitetning o‘quv-tarbiya jarayonlari, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, magistiratura mutaxassisliklari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatlari hamda universitetning xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.