Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Japan Education Fair 2025” ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdi

04.11.2025, 12:13 Yangiliklar 332

2025-yil 3-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Japan Education Fair 2025” — Yaponiya ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbir Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek Tsukuba universiteti, Nagoya universiteti va O‘zbekiston–Yaponiya markazi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Yaponshunoslik oliy maktabi o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ular Yaponiyaning turli universitetlari vakillari bilan uchrashib, ta’lim dasturlari, grant imkoniyatlari va talabalar almashinuvi loyihalari haqida batafsil ma’lumot oldilar.