Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari o’rtasida “Talabalar ligasi” doirasida “QVZ” musobaqasi o’tkazildi
Qizg’in va murosasiz tarzda o’tgan musobaqada talaba-yoshlar o’zlarining quvnoqlik va zukkoligini badiiy sahnada namoyon ettilar.
Tanlovda universitetning Boyvachcha, Orient Star, Qora choy jamolari ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalariga ko’ra Boyvachcha jamoasi 16 bal jamg’arib g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Tanlov g’oliblariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 5 000 000 so’m pul mukofoti, ikkinchi o’rin uchun 2 500 000 so’m va uchunchi o’rin uchun 2 000 000 so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.