Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning «Ponte» aksiyadorlik jamiyati o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
2025-yil 11-sentabr kuni universitetda bitiruvchilarni xorijda ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida Yaponiyaning «Ponte» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yapon tilini o’zlashtirgan talaba va bitiruvchilarga Yaponiyada ish o’rinlarini taklif qilish, ularni ishga joylashtirish hamda bunda xorijiy bandlik tashkiloti tomonidan huquqiy va texnik ko’mak ko’rsatish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o’rtasida kelishuv imzolandi.





