Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2023/2024 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida bir yillik stajirovka o‘tashga nomzodlarni tavsiya etish uchun tanlov o‘tkaziladi

12.01.2023, 17:35 E'lonlar 1807

 

DIQQAT! E’LON!

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida  

2023/2024 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida

 bir yillik stajirovka o‘tashga nomzodlarni tavsiya etish uchun

tanlov o‘tkaziladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999-yil 8-noyabrida imzolangan hamkorlik Bitimiga muvofiq hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti uchun 18 ta stipendiya ajratilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bakalavr yo‘nalishining 2 va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisligining 1-bosqich talabalari va TDShU akademik litseyi yosh xitoy tili o‘qituvchilari orasidan 2023/2024 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida bir yillik stajirovka o‘tashga tavsiya etiladigan o‘qishi yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli, ilmiy va ijodiy yo‘nalishlarda muayyan yutuqlarga erishgan, universitet va litsey hayotida faol ishtirok etadigan nomzodlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlar asosida quyidagi tartibda tanlovlar tashkil etiladi:

1.Xitoy tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tanlov joriy yilning 18-yanvar kuni soat 09:00 da;

2.Ma’naviyat va ma’rifat sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha tanlov joriy yilning 20-yanvar kuni soat 09:00 da.

Tanlovlar universitetning Amir Temur ko‘chasi, 20-uy binosining 2-qavat auditoriyalarida o‘tkaziladi.

Universitetimizdagi va Xitoy Xalq Respublikalari oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonlariga mos kelishi uchun  mazkur tanlovda ishtirok etishga kunduzgi va kechki ta’lim shaklida tahsil oladigan “Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Tarix (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Siyosatshunslik (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati”, “Xalqaro jurnalistika”, “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 2-3 bosqich va xitoyshunoslik magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
1-bosqich talabalari tavsiya etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi toifadan talabalar tavsiya etilmaydi:

– oxirgi 2-3 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasi yoki boshqa xorijiy davlatlarning grant yoki stipendiyalariga sazovor bo‘lganlar;

– 2022/2023 o‘quv yili davomida xitoy tili fanini a’lo va yaxshi baholarga o‘zlashtirmayotganlar;

– darslarga qatnashish davomati past, o‘quv yilida hayfsan olgan, universitet ichki tartib-qoidalarini buzganligi buyruq bilan rasmiylashtirilgan talabalar.

TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLARDAGI TALABALAR SONIDAN KELIB ChIQIB, 18 TA GRANT O‘RINLARI QUYIDAGIChA TAQSIMLANGAN:

1.“Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)” yo‘nalishi uchun –  7 ta;

2.“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Tarix (Xitoy Xalq Respublikasi)” va “Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi)”, “Siyosatshunslik (Xitoy Xalq Respublikasi)” yo‘nalishlari har biri uchun – 4 ta;

3.“Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun – 2 ta;

4.“Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati”, “Xalqaro jurnalistika” yo‘nalishlari har biri uchun – 3 ta;

5.“Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha)” yo‘nalishi uchun – 1 ta;

6.Magistratura xitoyshunoslik mutaxassisliklari uchun – 1 ta;

 

Grant sovrindorlari bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ehtiyojlaridan kelib chiqib, universitetda 3 yil ishlab berishi bo‘yicha shartnoma imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Xitoy tili bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning baholash mezoniga muvofiq
1-2 bosqichlardan yetarli ballarni(maksimal ballning 56%ini) qo‘lga kiritgan talabalar ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha tanlovga qo‘yiladi.

Tanlab olingan nomzodlarning tegishli hujjatlari 2023 yilning 23 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga topshiriladi.

 

2023-2024 o‘quv yilida Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida
1 yil davomida stajirovka o‘tash uchun o‘tkaziladigan tanlovning baholash

MEZONI

Imtihon uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan:

I bosqich

Xitoy tilidan test. Jami 50 ta test. Har bir to‘g‘ri javob 1 balldan baholanadi, jami 50 ball, belgilangan vaqt 50 daqiqa.

Belgilangan mavzuda insho. Eng yuqori ball 10 ball, ajratilgan vaqt
40 daqiqa.

Insho quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  1. Mavzu mazmuni to‘liq yoritilgan, belgilar soni 250 dan kam bo‘lmagan,
    4 tagacha grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda
    8-10 ball;
  2. Mavzu mazmuni yaxshi yoritilgan, belgilar soni 220 dan kam bo‘lmagan,
    6 tagacha grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda
    4-7 ball;
  3. Mavzu mazmuni o‘rtacha yoritilgan, belgilar soni 200 dan kam bo‘lmagan,
    8 tagacha grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda
    2-6 ball;
  4. Mavzu mazmuni qisman yoritilgan, belgilar soni 180 dan kam bo‘lmagan,
    10 tagacha grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda 1-5 ball;
  5. Mavzu qoniqarsiz yoritilgan, belgilar soni 130 dan kam bo‘lmagan,
    15 dan ortiq grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda 1-4 ball;
  6. Mavzu umuman yoritilmagan, belgilar soni 100 dan kam bo‘lgan, 20 dan ortiq grammatik, stilistik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilgan holda 0 ball.

 

II bosqich

Xitoy tilidan og‘zaki imtihon. Jami: 20 ball

Og‘zaki imtihon quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  1. Mavzu haqida ravon so‘zlab berish, berilgan savollarni aniq tushunish va tutilmasdan javob berish 16-20 ball;
  2. Berilgan mavzuni qisqa pauzalar bilan so‘zlab berish, berilgan savollarni aniq tushunish va biroz tutilishlar bilan javob berish 10-15 ball;
  3. Berilgan mavzuni uzun pauzalar bilan so‘zlab berish, berilgan savollarni qisman tushunish va tutilishlar bilan javob berish 5-9 ball;
  4. Berilgan mavzuni qisqacha so‘zlab berish, berilgan savollarni takrorlardan keyin qisman tushunish va tutilishlar bilan javob berish 1-4 ball;
  5. Berilgan mavzuni so‘zlab berolmaslik, berilgan savollarga umuman tushunmaslik va javob berolmaslik 0 ball.

Eslatma: Xitoy tilidan Test, insho va og‘zaki imtihon natijalarida 56% (44 ball) dan ortiq ball to‘plagan ishtirokchilar 3-bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. 

III bosqich

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha og‘zaki imtihon. Jami: 20 ball.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha og‘zaki imtihonda talabalar bilan mamlakatimiz tarixi, madaniyati, adabiyoti, mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Tarqqiyot strategiyasi mazmuni va mohiyati, O‘zbekiston va Xitoy hamkorlik aloqalari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, shu jumladan, xitoyshunoslik sohasi rivojlanishi to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi.

Og‘zaki imtihon quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  1. Berilgan savol yuzasidan talaba to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, mavzu bilan bog‘liq dalillarni keltira olsa hamda o‘z fuqarolik pozisiyasidan turib javob bera olsa – 16-20 ball.
  2. Berilgan savol yuzasidan qisman ma’lumotga ega bo‘lib, mavzu bilan bog‘liq dalillarni bir qadar chalkashtirsa – 10-15 ball.
  3. Berilgan savol yuzasidan ma’lumotlarni yetkazishda qiynalsa, mavzu bilan bog‘liq dalillarni yetkazishda yanglishsa – 1-9 ball.
  4. Berilgan savollar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmasa – 0 ball.

 

Xitoy tilidan test savollari va insho mavzulari namunalari

Test savollari:

 

1.尽管地球上大部分地方是海洋,但海水是咸的,不能直接饮,人们的生活用水主要从江河和雨水而来。

★ 地球上的水:

A 都能喝

B 污染严重

C 温度很高

D 主要在海洋

 

2.你再早来一会儿就好了,那辆车刚开走,你只能等下一辆了。不过也不用多长时间,估计10几分钟就来了。

★ 根据这段话,可以知道:

A 他在等车

B 他是司机

C 没有座位了

D 他要去商店

 

3.与人交流时,不但要把自己的看法合适、准确地表达出来,还要学会听别人的意见,准确地理解别人的想法,尤其要注意让不同的人都有表达不同意见的机会。

★ 跟人交流时要注意什么?

A 说普通话

B 多听少说

C 安排好时间

D 认真听别人说

 

Insho mavzulari:

 

  1. 我的理想
  2. 我的祖国


 

Ma’naviayt va ma’rifat bo‘yicha tanlovda qo‘llanadigan savollar majmuasi

   
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev  ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha besh muhim tashabbus g‘oyasi haqida gapiring?
2. Besh muhim tashabbusning birinchi tashabbusi nima haqida?
3. Besh muhim tashabbusning ikkinchi tashabbus nima haqida?
4. Besh muhim tashabbusning uchinchi tashabbus nima haqida?
5. Besh muhim tashabbusning toʻrtinchi tashabbus nima haqida?
6. Besh muhim tashabbusning beshinchi tashabbus nima haqida?
7. “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” nimalar bilasiz?
8. Diniy bag‘rikenglik nima?
9. O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi haqida nimalar bilasiz?
10. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  O‘zbekikston Respublikasi Qonun loyihasi haqida nimalar bilasiz?
11. Samarqand shahridagi Registon maydonida haqida gapiring?
12. Orol fojeasi haqida nimalar bilasiz?
13. O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasi” to‘g‘risida nimalar bilasiz?
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Sh.Mirziyoyevning 2022-yil                 20-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi haqida gapiring?
15. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz?
16. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi tarixi haqida so‘zlab bering?
17. Qaysi davlatlarda buyuk mutafakkir bobolarimiz Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va Ahmad Farg’oniylarning haykallari o’rnatilgan?
18. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy haqida nimalar bilasiz?
19. Ommaviy madaniyat nima?
20.  O‘zbek romanchiligining otasi Abdulla Qodiriy haqida nimalar bilasiz?
21. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino haqida ma’lumot bering?
22. Abu Nasr Farobiy haqida ma’lumot bering?
23. Buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy haqida nimalar bilasiz?
24. Buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur haqida nimalar bilasiz?
25. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi nima?
26. Jaloliddin Manguberdi haqida nimalar bilasiz?
27. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixi to‘g‘risida ma’lumot bering?
28. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?
29. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haqida ma’lumot bering?
30. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida gapiring?
31. Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida ma’lumot bering?
32. XIX asr oxiri XX asr boshidagi jadidchilik harakati to‘g‘risida ma’lumot bering?
33. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari to‘g‘risida ma’lumot bering?
34. Buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek haqida ma’lumot bering?
35. Toshkent shahar tarixi to‘g‘risida ma’lumot bering?
36. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqida ma’lumot bering?
37. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi haqida ma’lumot bering?
38. O‘zbekistoning tarixiy shaharlari haqida gapirib bering?
39. Registon maydoni tarixi to‘g‘risida ma’lumot bering?
40. Mirzo Ulug‘bek haqida ma’lumot bering
41. Milliy qadriyatimiz bo’lgan – tilimiz haqida nimalarni bilasiz?
42. Fiqhshunos olim Burhoniddin Marg‘iloniy haqida ma’lumot bering?
43. Ma’rifatparvar Abdulla Avloniy to‘g‘risida ma’lumot bering?
44. Bugungi kunda mafkuraviy-g’oyaviy xujumlar haqida nimalar bilasiz?
45. Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot bering?
46. Buyuk matematik Muhammad al-Xorazmiy to‘g‘risida ma’lumot bering?
47. Abulqosim Mahmud  Zamaxshariy to‘g‘risida ma’lumot bering?
48. Komil inson deganda nimani tushunasiz?
49. Tomaris haqida ma’lumot bering?
50. Shiroq jasorati to‘g‘risida ma’lumot bering?