Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ekologik xavfsizlikka qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda

25.11.2025, 15:40 Yangiliklar 145

Universitet hududida ekologik muhitni yaxshilash va atmosferaga zararli chang zarralarining tarqalishini oldini olish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Hududdagi yo‘laklar, piyodalar yo‘nalishlari va yashil maydonlar maxsus texnika yordamida namlantirilib, o‘rnatilgan suv purkagich tizimlari ishga tushirildi. Gulzorlar va bog‘lar chang ko‘tarilishini kamaytirish maqsadida sug‘orildi.

Shuningdek, universitetda hudud havosining ifloslanishini kamaytirish va tozalikni saqlash maqsadida obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.