TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING HISOBOT-SAYLOV KONFERENSIYASI
2025-yil 28-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining besh yillik faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, kasaba uyushmasi a’zolari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar vakillari ishtirok etdilar.
Konferensiyaga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi bosh mutaxassisi U. Qilichev raislik qildi.
Hisobot-saylov konferensiyasida kasaba uyushmasining quyidagi asosiy yo‘nalishlardagi faoliyati tahlil qilindi:
• xodimlar va talabalar manfaatlarini himoya qilish,
• mehnat sharoitlarini yaxshilash,
• madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish,
• ijtimoiy ko‘mak dasturlarini amalga oshirish.
Tadbir doirasida yana bir muhim masala — universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan nomzod — Xusanov Chori Qodirovich yopiq ovoz berish yo‘li bilan qayta saylandi.
Hisobot-saylov konferensiyasi samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirib, bir-birlarini diqqat bilan tingladilar. Hisobot yuzasidan fikr-mulohaza bildirganlar ijobiy va konstruktiv takliflar berib, yangi tarkibdagi kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolarining faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.








