Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

29.12.2025, 17:41 Yangiliklar 202

2025-yil 29-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hay’at qarorlari ijrosi yuzasidan ma’ruza tinglandi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy soha bo‘yicha 2025-yil yakunlari, talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Sharqshunoslik universiteti huzuridagi Akademik litseyda ta’lim jarayonini tashkil etish hamda metodik yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan axborot berildi.

Yig‘ilish davomida talabalar qishki ta’tili davrida kafedralar faoliyatini tashkil etish, 2025–2026 o‘quv yili uchun Davlat attestatsiya komissiyalari raislari va tarkibini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan o‘qituvchi-xodimlar va talabalarni ijtimoiy himoyalash hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Kengash yakunida Til ta’limi va konsalting markazining 2025-yildagi faoliyati hamda 2026-yil uchun rejalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, yig‘ilish davomida yubiley munosabati bilan bir guruh ustozlarga esdalik sovg‘alari topshirildi, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar tantanali ravishda taqdim etildi.