Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzulari doirasida o‘tkazildi.
Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyatda sog‘lom muhitni ta’minlash, yoshlarni turli zararli g‘oyalardan asrash, ma’rifat va tarbiyaning o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, inson qadri va huquqlari ustuvorligini ta’minlash taraqqiyotning asosiy poydevori ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda sohaning mas’ul mutaxassislari ishtirok etib, ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida ma’rifiy tadbirlar orqali jamiyatda bag‘rikenglik, insonparvarlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.











