Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Markaziy Osiyo xalqlarining etno-tarixiy jarayonlari: kecha va bugun” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi.

28.10.2022, 17:11 Yangiliklar 1120

2022-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Markaziy Osiyo xalqlarining etno-tarixiy jarayonlari: kecha va bugun” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi. Anjuman “fan-taʼlim” integratsiyasi yo‘nalishidagi saʼy-harakatlar doirasida tashkil etildi.
Mazkur ilmiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2022 –yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida” gi, 2022 yil 7-martdagi 101-F-sonli farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022 yil 14-martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalarida 2022-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 97-sonli buyrug‘i asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2022 yil 17 martdagi “2022-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 79-IM –sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Milliy arxeologiya markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Anjumanda xorijiy oliy taʼlim muassasalari, TDShUning sharqshunos-tarixchilari, shuningdek, hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Milliy arxeologiya markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimlari hamda etnolog va antropolog, tarixshunos mutaxassis olimlar bilan bir qatorda, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, magistrantlar va mustaqil tadqiqotchilar qatnashadi va jami 100 dan ortiq maqolalar kelib tushdi.

IMG_9517

IMG_9523