Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida mustaqil izlanuvchilikka qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga muvofiq, 2025-yilning 27-avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida mavjud ixtisosliklar bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.











