Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Norco Acoustic kompaniyasi vakili Andreas Xultfeldt bilan uchrashuv o’tkazildi

23.10.2025, 15:39 Yangiliklar 344

2025-yil 23-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Norco Acoustic kompaniyasi vakili Andreas Xultfeldt bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda kompaniya vakili akusik tizimlarning o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarning diqqatni jamlashi, ruhiy holati, o‘zaro muloqot samaradorligi va ta’lim jarayonining umumiy sifati hamda samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shuningdek, Skandinaviya davlatlaridagi maktab va oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilgan loyihalar misolida akustik panellarni o‘rnatish orqali ta’lim muhiti sifatini yaxshilash, shovqin darajasini kamaytirish va bilimni o‘zlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida Norco Acoustic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy akustik yechimlar, ekologik toza materiallardan tayyorlangan panellar va ularning texnik hamda funksional afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Muzokaralarda akustik muhitni takomillashtirish, zamonaviy ta’lim muassasalarida qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va amaliy yechimlarni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilindi.