Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston televideniye va radiosining taniqli ovoz egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

26.11.2025, 14:10 Yangiliklar 149

2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston televideniye va radiosining taniqli ovoz egalari Faxriddin Samadov va Muslima Murodova bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mehmonlar talabalar bilan o‘z kasbiy tajribalari, nutq madaniyatining ahamiyati, sahna va efir madaniyati, to‘g‘ri talaffuz hamda ovoz ustida ishlash bo‘yicha o‘zlarining amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarga jurnalistika, tele va radio sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan mahorat va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mehmonlardan professional maslahatlar oldilar. Uchrashuv ochiq muloqot, ijodiy fikrlash va nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan mazmunli suhbat tarzida o‘tdi.