Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qo‘shma ta’lim uchun 2025-2026-o‘quv yiliga qabul davom etadi

07.08.2025, 14:56 E'lonlar 2175

DIQQAT DIQQAT DIQQAT!

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qo‘shma ta’lim uchun

2025-2026-o‘quv yiliga qabul davom etadi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va

Turkiya Respublikasi Anqara Hoji Bayram Vali universitetining

70230101-Lingvistika: TURK TILI

ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma  dasturda o‘qib, har ikkala oliy ta’lim muassasasining diplomlariga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat!

O‘QISH MUDDATI 2 YIL

BITIRUVCHILARGA HAR IKKALA UNIVERSITETNING

DIPLOMLARI BERILADI

Dars mashg‘ulotlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Anqara Hoji Bayram Vali universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan kredit-modul tizimi asosida olib boriladi. Ta’lim jarayoni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidа to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Anqara Hoji Bayram Vali universitetida ham to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi..

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI

  1. Birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘lov-shartnomada ko‘satilgan summani avvaldan to‘liq amalga oshirilishi lozim.

 

ANQARA HOJI BAYRAM VALI  UNIVERSITETIDA O‘QISH SHARTLARI

  1. Bir yil davomida ta’lim olish, sog‘lik sug‘urtasi, yotoqxona va kundalik turmush bilan bog‘liq sarf-harajatlar  o‘zlarining hisoblaridan amalga oshiriladi.
  2. Talabalar Anqara Hoji Bayram Vali universitetida o‘qish davrida borish kelish aviachiptalari  harajatlarini  o‘zlarining hisoblaridan amalga oshiriladi.

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni istagan abituriyentlar

4.08.2025y. dan .2.09.2025y.gacha

o‘zlarining quyidagi hujjatlarini Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Qabul komissiyasiga topshirishlari mumkin:

  1. Pasport(yashash joyi haqidagi ma’lumot yozilgan sahifasi bilan) yoki ID kartaning skaner nusxasi
  2. Bakalavr  diplomi skaner nusxasi
  3. Tuk tilini C1 darajada bilish haqidagi sertifikatning skaner nusxasi (Milliy CEFR, TYS Yunus Emre)

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar vazirlik va idoralarda, diplomatik xizmat sohalarida, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida doktaranturada o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 71 233 34 28

Qoshma dasturga masul – 99 837 75 65