Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Sharq tillarini Sunʻiy Intellekt yordamida o‘rgatishning yangi markazi ish boshladi
2025 yil 23 oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti taʻlim sohasida innovatsion tadbirlarni amalga oshirish borasidagi o‘z harakatlarini davom ettirmoqda. Bugungi kunda universitet tarkibida «Sunʻiy intellekt yordamida sharq tillarini o‘rgatish markazi»ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Markazning faoliyati asosan quyidagilarga qaratilgan:
Taʻlim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
Sunʻiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib, sharq tillarini o‘rgatishning samaradorligi va sifatini oshirish.
Bu tashabbus talabalarga o‘z bilim va isteʻdodlarini rivojlantirish uchun yanada qulay, innovatsion va ilhomlantiruvchi muhit yaratish imkoniyatini beradi. Endi o‘quv jarayoni zamonaviy vositalar bilan boyitilib, har bir talabaga individual yondashuv taʻminlanadi.

