Yangi o’quv yiliga tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
✅ Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to’lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o’quv yilida barcha oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.
❇️ Davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo’yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o’quv yili uchun barcha davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bazaviy to’lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to’lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.
🔸 Super-kontraktning shkalasi quyidagicha bo’ladi:
➖ o’tish baliga 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to’lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
➖ 1,1 balldan 2 ballgacha — 2,0 barobari;
➖ 2,1 balldan 3 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,1 balldan 4 ballgacha — 3,0 barobari;
➖ 4,1 ball va undan ko’proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo’lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo’llanadi.
➖ 56,7 balldan kam to’plaganlar mana bu jadvaldagi super-kontrakt narxining baravarini to’laydi. Masalan, jurnalistika yo’nalishida 57 mln so’m bo’lsa, 56,7 balldan kam to’plaganlar 114 mln so’m to’lashi kerak.
Super kontrakt minimal miqdori 2022-2023
!!! Eslatib o’tamiz tabaqalashtirilgan to’lov kontrakt tizmi 5-sentyabrdan online ariza topshirish orqali online tarzda rasmiylashtiriladi.