Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Hexi universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.11.2025, 18:43 Yangiliklar 189

2025-yil 25-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xitoyning Hexi universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli akademik aloqalarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama akademik munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, istiqboldagi hamkorlik loyihalari uchun mustahkam zamin yaratdi.