TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURI AMALGA OSHIRILMOQDA!
Hurmatli talabalar!
Turizm sohasi sizni qiziqtiradimi? Yozgi tatilni foydali va mazmunli o‘tkazishni xohlaysizmi? Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat — “Yosh gidlar maktabi”!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talaba-yoshlarning turizmga bo‘lgan qiziqishini oshirish, gidlik faoliyatiga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida maxsus dastur — “Yosh gidlar maktabi” yo‘lga qo‘yildi.
✅ Ariza topshirish muddati: 2025-yil 28-iyulgacha
📧 Arizalar info@tsuos.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun avgust oyida “Yosh gidlarni tayyorlash” nomli qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etiladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 90 175 04 46