TDSHUga Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti tashrifi
2025-yil 26-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti rektori Janseit Tuymebayev tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot yakunida esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiluvchi yangilangan anglashuv Memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi ko‘lamini kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.










