Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Indoneziya Respublikasi Boshlangʻich va oʻrta ta’lim vaziri Prof. Dr. Abdu Mu’ti janoblari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

05.11.2025, 18:21 Yangiliklar 392

2025-yil 5-noyabr kuni TDSHUga Indoneziya Respublikasi Boshlangʻich va oʻrta ta’lim vaziri Prof. Dr. Abdu Mu’ti janoblari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida Indoneziya delegatsiyasi a’zolari universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdilar. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Prof. Dr. Abdu Mu’ti tashrif doirasida talabalar bilan uchrashib, ma’ruza ham o‘tkazdi.