Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Janubiy Koreyaning Keimyung universitetining “Xitoy markazi” bosh menedjeri Pak Sang Hun rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Keimyung universiteti TDSHUning rasmiy xorijiy hamkorlaridan biri bo’lib, mazkur uchrashuvda istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mazkur delegasiya tashrifi TDSHU tomonidan O‘zbekistonda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda turizmni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.