Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreyaning Pusan shahri delegatsiyasi tashrif buyurdi.
2022- yil 15- iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Koreyaning Pusan shahri delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuvda mazkur delegatsiya tomonidan «Evroosiyo ekspeditsiyasi» loyihasi tanishtirildi. Koreyalik mehmonlar TDShU koreyashunos kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi ekanligini e’tirof etib, ushbu loyihada universitet talabalarini faol ishtirok etishga taklif qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyihani o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishga kelishishdi.