Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoyning Southeast universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

24.11.2025, 16:18 Yangiliklar 240

2025-yil 24-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Xitoyning Southeast universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri sifatida Janubi-Sharq Universitetining tashabbusi – “Xitoy–O‘zbekiston qo‘shma mintaqashunoslik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish” masalasi ko‘tarildi. Tomonlar mazkur taklifning dolzarbligi va ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ahamiyati qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlashga, yangi ta’lim va ilmiy loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga, hamda har ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv natijalari ikki tomonlama akademik munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratdi.