Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunsolik universitetida Yaponiyaning RisSho universiteti hamda Farg’ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda «Ipak yo’li barqaror turizm ramzi sifatida» mavzusida II xalqaro simpoziumi o’tkazildi

15.09.2025, 17:07 Yangiliklar 399

Simpoziumda turizm sohasi mutaxassislari, professor- o’qituvchilar, olimlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida Ipak yo’li tarixiy-marifat yo’li sifatida nafaqat madaniy boyliklarni anglashda, balki barqaror turizm rivojini ta’minlashda muhim rol o’ynashi haqida fikrlar almashildi.

Ushbu simpoziumda O’zbekistonning barqaror turizmni qo’llab-quvvatlash, tarixiy obidlari, qadriyatlarini xalqaro maydonlarda keng targ’ib qilish, lokal jamoalarni rivojlantirish va madaniy boyliklarni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalliy va xalqaro sayyohlar oqimini oshirishda hududiy tashkilot va hokimliklar bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash borasida takliflar bildirildi.

Simpoziumdan so’ng ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan mamlakatimizning boy merosini oʻzida jamlagan turizim markazi bilan yaqindan tanishdilar.