Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

An’anaviy ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yil 16 iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi tomonidan “Sharq mamlakatlaridagi tarixiy jarayonlar va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy sakkizinchi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazildi.

Konferensiya Sharq mamlakatlari rivojlanishi tarixining nazariy va amaliy masalalari; Xorijiy tillardagi manbalarda Sharq mamlakatlari tarixining yoritilishi va O‘zbekistonning Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari tarixi mavzulari doirasidagi yalpi majlis va alohida sho‘ba yig‘ilishlari doirasida tashkillashtirildi.

Konferentsiya ishida Respublikamizning bir qator oliy o‘quv muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlarining professor o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyada mamlakatimizning yetakchi sharqshunos-olimlari jahon tarixiy taraqqiyoti va bugungi bosqichdagi jarayonlarda Sharq mamlakatlarining egallagan muhim o‘rni va katta ta’siriga doir ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Alohida sho‘balarda davom etgan konferentsiya ishida Qadimgi sharq xalqlari davlatchilik an’analari, madaniyati va urf-odatlari, o‘rta asr musulmon sharqidagi jadal rivojlanish jarayonlari, xususan, Islom Renesansi masalalari, XVIII-XIX asrlarda aksar sharq mamlakatlarining mustamlakaga aylanish sabablari va uning salbiy oqibatlari, mustamlakachilikka qarshi kurash masalalari hamda globallashuv sharoitida kechayotgan siyosiy jarayonlar, harbiy ziddiyatlar Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Turkiya, Eron, Arab davlatlari, Yaponiya va Xitoy singari davlatlar misolida tahlil qilindi.

Konferensiya sho‘balari o‘z ishlarini yakunlaganlaridan so‘ng yalpi majlis uchun jamlanishda va muhokamalar yakunida quyidagi tezislar qabul qilindi:

  • Sharq mamlakatlari tarixiga oid tadqiqotlarni sifat jihatdan yaxshilash, ular soni va qamrovini oshirish, xususan, o‘rta asr va mustamlakachilik davri kesimida sharq mamlakatlari tarixiga oid tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • Jahon tarixi kontekstidagi tadqiqotlar zaruriyatining oshib borayotganligini hisobga olib sharq davlatlari tarixini o‘zbek olimlari nigohida qayta ko‘rib chiqish, sharq xalqlari tarixiga oid kitoblarni nashr qilish.
  • photo_2023-08-17_10-48-59

17.08.2023, 10:51 889