TTJda “Bayrog’im – faxrim va iftixorim” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/11/photo_2019-11-26_15-41-44-1024x576.jpg)
18-noyabr kuni ToshDSHI Talabalar turar joyida O’zbekiston Respublikasi bayrog’ining 28 yilligi munosabati bilan “Bayrog’im – faxrim va iftixorim” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda ToshDSHI O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori A.Vahidov, fakultetlar dekanlari, TTJ kengashi, tarbiyachi-pedagoglar hamda talabalar qatnashishdi. Tadbir davomida Sport musobaqalari g’oliblari va eng faol talabalar taqdirlandilar.