TTJda futbol va stol tennisi bo’yicha sport musobaqalari o’tkazildi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2019/11/photo_2019-11-26_15-22-36-1024x768.jpg)
15-noyabr kuni ToshDSHI Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar orasida sportning futbol va stol tennisi turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Stol tennisidan o’g’il bolalar o’rtasida 1-kurs Xitoyshunoslik fakulteti talabasi Bo’riyev Anvar, qizlar o’rtasida 1-kurs Koreyashunoslik fakulteti talabasi Andaqulova Vazira faxrli 1-o’rinni egalladilar. Futbol musobaqasida esa “Alpomish” jamoasi 1-o’rinni egalladi.