TTJda «Ona tilim – O’zbek tili» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
23-oktabr kuni ToshDSHI Talabalar turar joyida «Ona tilim – O’zbek tili» nomi ostida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur munosabat bilan o’tkazilgan «Ona tilim – O’zbek tili» mavzuidagi insholar ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilinib, 1-kurs talabasi Nematov Isfandiyor tanlov g’olibligini qo’lga kiritdi.
