Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Turizm va ta’lim targ‘iboti: Sharqshunoslar Boysun maktablarida

05.10.2025, 12:32 Yangiliklar 187

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turizm ishchi guruhi tomonidan 2025-yil 2-oktabrda Boysun tumanining 1 va 39 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tumanning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish va yosh avlodni milliy qadriyatlar, hududning boy madaniy merosi hamda sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbir davomida Turizm kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Ch.Xusanov o‘quvchilarga Boysun tumanining tarixiy obidalari, milliy hunarmandchilik an’analari, tabiiy go‘zal manzaralari va zamonaviy turizm imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, Boysun tumani nafaqat Surxondaryo viloyatida, balki butun O‘zbekistonda sayyohlar uchun jozibador hududlardan biri ekanligini alohida ta’kidladi.

Tadbirda o‘quvchilar uchun “Siz Turizm haqida bilasizmi?” mavzusida viktorina o‘tkazilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida bitiruvchi yoshlarni turizm sohasi bilan tanishtirish, ularni ushbu soha bo‘yicha kasbiy yo‘nalishlarini tanlashga yordam berish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu seminar-treninglar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki mamlakatimizning turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar ta’lim va turizmning uyg‘unligi yosh avlodni yanada bilimli, faol va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashda muhim omil ekanligini qayd etdilar.