Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Turk tili” darsligi nashrdan chiqti

10.07.2020, 21:12 Yangiliklar 5372

TDShUning “Tarjimashunoslik va xalqaro  jurnalistika” kafedrasida turk tilining yetuk mutaxassisi, katta o‘qituvchi Mehriniso Qayumova tomonidan yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqashtiruvchi kengashning 2020-yil 14-fevral 1-sonli qaroriga binoan 2020-yil 4-maydagi dagi 285-sonli buyrug‘iga asosan nashrga ruxsat etilgan (№285-48-sonli guvohnoma) hamda Mualliflik huquqi deponentlangan (muallif guvohnomasi №002282 07.07.2020) mazkur “Turk tili” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalaridagi “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Jurnalistika” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida turk tilini asosiy sharq tili sifatida o‘rganayotgan 1-kurs talabalari uchun  mo‘ljallangan bo‘lib, kitobdan respublikamiz universitetlarida turk tilini o‘rganayotgan bakalavriat yo‘nalishi talabalari va soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.

Muallif M.Qayumova tomonidan so‘nggi yillarda to‘plangan tajribalar asosida tayyorlangan va bugun turk tili o‘rgatilayotgan OTM talabalari e’tiboriga havola qilingan mazkur darslik tilni o‘rgatish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilgan ahamiyatli ishlardan hisoblanadi. Ushbu kitobdagi matnlar, savol va topshiriqlar turk tilini o‘rganayotgan talabalarning turkcha so‘z boyligini kengaytirish, nutq va muloqot madaniyatini oshiradi. Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanimiz mustaqilligini qadrlash tuyg‘usini rivojlantirish hamda O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratishni targ‘ib qiluvchi matnlar darslikning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi, deb o‘ylaymiz.