Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi TDSHUda
2025-yil 13-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, Turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida Kubanichbek Omuraliev yoshlarning ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi faol ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, turkiy davlatlar o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash masalalari haqida so’z yuritdi.


























