Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi

 photo_2020-09-21_10-26-34 Salayev Dilshodbek Sofarbayevich
Ilmiy darajasi va unvoni: Katta o’qituvchi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Dushanba, Seshanba (9:00 – 12:00)
Tel.:  +998974779337
E-mail: dilshodbek_salayev@tsuos.uz

“Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil   15-maydagi 1-sonli majlis qaroriga asosan “Turkshunoslik” fakulteti tarkibida “Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra Turkiya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Kafedra kesimidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarda Turkiya tarixi, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tarixiy bosqichlari, shuningdek, Turkiyaning iqtisodiyoti va moliya tizimi, mamlakatning innovatsion siyosati, Turkiyadagi modernizatsiya jarayonlar, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish modeli hamda Turkiyaning ichki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda tutgan o‘rni, jahon siyosiy jarayonlaridagi ishtiroki o‘rganiladi.

Kafedraning ilmiy loyihasi

  • O‘zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirishning instituttsional muammolari.
  • O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotining dolzarb muammolar.
  • Xorijiy mamlakatlar tarixi va tarixshunosligi.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi
  • Toshkent shahar statistika boshqarmasi
  • “Ziraat Bank Uzbekistan” AJ
  • TICA tashkiloti
  • Istanbul Tijorat universiteti
  • Ege universiteti

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyot (2) Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyot (1)

02.02.2023, 17:23 11275