Turkiyaning Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidchilik harakati” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda
Ayni kunlarda Turkiyaning Anqara shahrida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, TURKSOY tashkiloti, Ankara Haci Bayram Veli universiteti bilan hamkorlikda “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidchilik harakati” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda.
20-oktabr kuni boshlangan yig’inning ochilish marosimida TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva kirish so‘zi bilan qatnashib, Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’naviy yangilanish, ta’lim tizimini rivojlantirish va milliy o‘zlikni shakllantirishda muhim o’rin tutgani yuzasidan fikrlar bildirdi.
Shuningdek, mazkur konferensiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turkshunos va adabiyotshunos olimlari ham ishtirok etmoqdalar.
Bu kabi xalqaro konferensiyalar, ikki davlat va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida madaniy aloqalar va ilmiy hamkorliklarni rivojlantirish, tarixiy merosni muhofaza qilish va kelajak avlodlar uchun yuksak ma’naviy qadriyatlarni saqlash, O‘zbekistonning Turk dunyosi bilan aloqalarini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Konferensiya ishi 21-oktabr kuni ham davom etadi.







