“Turkologiya. Turkology” xalqaro ilmiy jurnalining 2024-yil 3-4-soniga maqola qabul qilinadi

“Turkologiya. Turkology” xalqaro ilmiy jurnalining 2024-yil 3-4-soni, Turkiya tarixi, madaniyati, san’ati, tili, adabiyoti, iqtisodi va siyosatiga bag‘ishlanib, shu sohalarga oid maqolalar turk, o‘zbek va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Jurnalning maxsus soniga mazkur yo‘nalishdagi maqolalar qabul qilinadi:
Turk tili va adabiyoti
Qiyosiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik (turkiy xalqlar)
Turkiy manbalar matnshunosligi
Turkiya tarixi
Turkiy tillar tarixi
Turkiya madaniyati va san’ati
Turkiya iqtisodiyoti
Turkiya siyosati
Tarjimashunoslik (Turkiy tillar)
«Turkologiya. Turkology» xalqaro ilmiy jurnalida chop etish uchun beriladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar axborot xatida berilgan.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy natijalarni chop etishni tavsiya qilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ilmiy maqolalar 2024-yil 5-dekabrga qadar qabul qilinadi
Axborot xati
Ilmiy maqolalarni yuborish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScoXIjcHwV1eo6RatxKvtylTCvBuA6tGXRVbQm2sZBO7h0xxw/viewform