Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkshunoslik fakulteti

Shabanov Jumali Shabanov Jumali Kazimovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +998 71 236 15 54
E-mail:

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti O‘zbekistonda turk tilini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi universitetdir. 1991-yilda tashkil etilgan Turk filologiyasi kafedrasi turk tilini o‘qitish bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyodagi birinchi ta’lim muassasasidir. So‘nggi yillarda turkshunoslik sohasidagi tadqiqotlar yangi fakultet tashkil qilinishiga sabab bo‘ldi. 2020-yil 1-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkshunoslik fakulteti tashkil topdi.

Mazkur fakultetning ochilishi dunyoning yetakchi davlatlaridan biri Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi davrida mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

TDSHUda mazkur fakultetni ochilishi turk tili bo‘yicha o‘qitish jarayoni va tadqiqotchilik ishlarini birlashtirish, ushbu sohadagi yo‘nalishlarni muvofiqlashtirish, o‘zbek turkshunosligi darajasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini beradi. Fakultet oldida turgan eng dolzarb vazifa nafaqat turk tilidan ta’lim berish, balki turkshunoslikni rivojlantirish, yani turk tilshunosligi, turk adabiyoti, Turkiya siyosati, iqtisodi, tarixi, ma’daniyati sohasida mutaxassis va tadqiqotchi kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Turkshunoslik fakulteti nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyoda yagona fakultet bo‘lib, ushbu dargohda turkshunoslik sohasida kompleks umumdarajaga ega bo‘lgan filolog, tarjimon kadrlar yetishtirish bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislar ham tayyorlanadi.

Hozirgi kunda fakultetda 500 yaqin talaba, 15 nafar magistrant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda. Fakultetda 89 nafar ilmiy-akademik salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan 5 nafari turkiyalik professor-o‘qituvchilardir.   Fakultetda 9 nafar fan doktori, 22 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda fakultetda to’rtta kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, ularda ilmiy markazlar ham foliyat ko’rsatmoqda:

  1. Turk filologiyasi kafedrasi
  2. Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti va siyosati kafedrasi
  3. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi
  4. G’arb tillari kafedrasi.

 

11 22

33 44

55 66

77 88

 

10.06.2024, 14:39 14797