Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TURKSHUNOSLIK TADQIQOTLARI MARKAZI

7 Markaz direktori SHABANOV DJUMALI KAZIMOVICH
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Tel: +998 71 236 15 54
e-mail: djumali_shabanov@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

  1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;

– Turkshunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;

– Turkiya va O‘zbekistondagi til vaziyati, turk va o‘zbek tillarini, turk va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali turk va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;

– Turkshunoslik tadqiqi hamda Turkiya Respublikasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga  zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;

– Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat  qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;

– Turkshunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Turkiya Respublikasining hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun TIKA, TURKSOY , TÜRK DIL KURUMU ko‘magida yilda to‘rt marotaba “Turkiya tadqiqotlari” xalqaro ilmiy jurnalini nashr etish, shuningdek, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;

– Markaz ishiga yurtimiz va Turkiya Respublikasida faoliyat olib borayotgan yetakchi Turkshunos olimlarni jalb qilish;

– Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tilini tadqiq va tahlil eta oladigan Turkshunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Turkiya Respublikasining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;

– Universitetda Turkshunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.

  1. Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Turkshunoslikning dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazning tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tili boʻyicha amalga  oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tili  boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

– Turkiya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va turk tilini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish orqali Oʻzbekiston va Turkiya davlatlarining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi;

– Turkshunoslikning turli yoʻnalishlari va dolzarb masalalari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

 

05.11.2024, 11:26 48